Evropa komissiyasi Ukrainaning sharqiy va janubiy hududlariga yordam berish uchun qiymati 140 million yevro (142,8 million dollar) bo‘lgan yangi gumanitar yordam paketini e’lon qildi.
Ushbu mablag‘ urushdan jabr ko‘rgan hududlardagi aholini oziq-ovqat, boshpana, toza suv, sog‘liqni saqlash va qishki himoya bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan, deyiladi komissiya bayonotida.
Bu Yevropa Komissiyasining umumiy gumanitar yordam ajratishini 1,1 milliard yevrodan oshiradi.
Ukrainalik qochqinlar va mezbon jamoalarga yordam berish uchun qo‘shni Moldovadagi gumanitar loyihalar uchun yana 8 million yevro ajratildi.
Komissiyaning ta’kidlashicha, taxminan 12,7 million kishi "Rossiyaning tajovuz urushi Ukrainani vayron qilishda davom etayotgani sababli" yordamga juda muhtoj.