Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi Trampdan bugungi uchrashuvda Zelenskiyga bosim o‘tkazishini kutmoqda

Evropa Ittifoqi Trampdan bugungi uchrashuvda Zelenskiyga bosim o‘tkazishini kutmoqda

Evropa rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampdan 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya taklif qilayotgan Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish shartlarini qabul qilishi uchun bosim o‘tkazishini kutishmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Zelenskiyning asosiy vazifasini Trampni Amerika yetakchisining asosiy maqsadiga, ya’ni mojaroni imkon qadar tezroq tugatishga erishish uchun boshqa, afzalroq muqobillar borligiga ishontirishdan iborat deb biladi.

Nashr ta’kidlaganidek, Yevropa rasmiylari Ukraina o‘zining barcha hududlarini qaytarib bera olmasligini alohida tan olishadi, lekin yo‘qotishlarni minimallashtirish va Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarini Rossiya hududi deb tan olmaslikni talab qilmoqda.

Kiritildi: 08:50 18.08.2025. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!