Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi sudi Rossiyaga naqd yevro olib kirish taqiqlanganini tasdiqladi

Evropa Ittifoqi sudi Rossiyaga naqd yevro olib kirish taqiqlanganini tasdiqladi

Evropa sudi Rossiyaga naqd yevro olib kirishni taqiqlashni qonuniy deb topdi, garchi ular tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham.

Bu haqda TASS Yevropa sudi qaroriga tayanib yozmoqda.

"Rossiyaga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yevro yoki boshqa valyuta kupyuralarini olib kirishga qo‘yilgan taqiq ushbu mablag‘lar sog‘liqni saqlash xizmatlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan holatlar uchun ham amal qiladi," - deya sud qaroridan iqtibos keltiradi agentlik.

Bunga 2023 yilda Germaniyadagi bojxonada sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Frankfurt-Mayn shahrida Rossiyaga tranzit bilan ketayotgan yo‘lovchidan stomatologiya xizmati uchun to‘lov qilish maqsadida o‘zi bilan olib ketayotgan 15 ming yevro musodara qilindi.

Aniqlik kiritilishicha, bojxonachilarning xatti-harakatlari sud tomonidan Yevropa Ittifoqining 2022 yil mart oyidagi sanksiya qonunchiligi asosida qonuniy deb topilgan.

Kiritildi: 18:02 30.04.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!