Evropa Ittifoqi Shimoliy Koreyani ogohlantirdi. Bu haqda YEI tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pxenyan Moksvaga harbiy yordam ko‘rsatsa, Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar qo‘yadi: “Biz bunga tayyormiz”.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha Rossiyaga tashrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.