Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan ReArm Europe strategiyasini taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus 800 milliard yevrogacha mablag‘ jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda Yevropa Ittifoqi davlatlari buning uchun byudjet imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, mudofaa xarajatlarini oshirishga tayyor .
ReArm Europe rejasi to‘rt yil ichida Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlarini 1,5 foizga oshirishni nazarda tutadi, bu Yevropa Komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 650 milliard yevro qo‘shimcha sarmoyani jalb qiladi. Mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga o‘z qurolli kuchlarini modernizasiya qilish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash imkonini beruvchi 150 milliard yevrolik yangi kreditlash vositasini yaratish taklif qilinmoqda.
Harajatlarni kamaytirish, qurolli kuchlar samaradorligini oshirish va mamlakatlar o‘rtasidagi sanoat kooperasiyasini mustahkamlash zarur bo‘lgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya va dronlarni birgalikda xarid qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, mudofaa loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini yaratish uchun Yevropa investisiya banki orqali xususiy kapitalni jalb qilish rejalashtirilgan.
Fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi o‘z xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta’kidlab, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropa mudofaa sanoatini mustahkamlash muhimligini qayd etdi.