Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Yevropa tinchlik fondidan Moldova mudofaa sohasini rivojlantirish maqsadida 120 million yevro miqdorida mablag‘ ajratishni taklif qildi.
Evroittifoq ushbu fond orqali harbiy amaliyotlar va uchinchi davlatlarga qurol yetkazib berishni moliyalashtiradi.
Shuningdek, Kallas agar Rossiya bilan Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tsa, Bryussel Dnestrbo‘yidan rus harbiyalari olib chiqilishini talab qilishini ham bildirdi.