Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Isroilga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda

Evropa Ittifoqi Isroilga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 18 noyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda birinchi marta Isroilga qarshi savdo sanksiyalari va G‘azodagi harbiy harakatlar davomida gumanitar me’yorlarga rioya qilmagani uchun u bilan siyosiy muloqotni muzlatish masalasini ko‘rib chiqadilar. Bu haqda YEI diplomatik xizmati rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.

"Isroil rasmiylariga G‘azodagi urushda xalqaro huquqqa rioya qilish bo‘yicha bir yillik samarasiz chaqiriqlardan so‘ng, biz odatdagidek hamkorlikni davom ettira olmaymiz. Shuning uchun men Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy aholi punktlaridan mahsulotlarni import qilishni taqiqlashni, shuningdek, Isroil bilan siyosiy muloqotni muzlatib qo‘yishni taklif qildim. Bu choralar kelasi hafta Yevropa Ittifoqi Kengashining TIV rahbarlari darajasidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi," - deb yozdi Borrel o‘z blogida.

Kiritildi: 20:00 15.11.2024. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!