Evropa Ittifoqi Kashmirdagi teraktni qoralab, Hindiston va Pokistonni vazminlik va muloqotga chaqirdi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Evropa Ittifoqi Kashmirdagi 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab, Hindiston va Pokistonni vazminlikka va muloqotga chaqirdi. Bu haqda Yevropa tashqi harakatlar xizmati tarqatgan bayonotda aytilgan.
“Evropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar 22 aprel kuni Kashmirda sodir etilgan terakt va begunoh fuqarolarning halok bo‘lishini keskin qoralaydi”, – deyiladi hujjatda.
Bryussel aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Bayonotda, Yevropa Ittifoqining mintaqada keskinlashgan taranglik va qurbonlar sonining ortib borayotganidan xavotirda ekanligi qayd etildi.
“Evropa Ittifoqi har ikki tomonni bosiqlikka, keskinlikni yumshatishga va tinch aholi hayotini himoya qilish uchun kuch ishlatishdan tiyilishga chaqiradi”, – dedi Yevropa Ittifoqi.
Hujjatda, shuningdek, Hindiston va Pokiston xalqaro qonunlarga rioya qilish va tinch aholini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishi kerakligi qayd etilgan. Yevropa Ittifoqi mojaroni yumshatish uchun barcha tomonlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.