Evropa Ittifoqi "Rosatom"ga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasini hozircha muhokama qilmayapti.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid Sallivan Qozog‘istonning Silkway telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Ayni paytda "Rosatom" bizning sanksiyalarimiz tarkibiga kirmaydi. Men buni kelajakda inkor eta olmayman, garchi hozircha bu masala bo‘yicha hech qanday munozaralar bo‘lmasa ham. Bu butunlay Qozog‘iston hukumatining qarori, ular kim bilan atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzish bo‘yicha qarorni o‘zlari qabul qiladilar”, — dedi u Qozog‘istonda atom elektr stansiyalari qurilishi uchun yadro texnologiyalarini potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga "Rosatom"ning kiritilishi haqidagi savolga javob berib.