Evropa Ittifoqi dushanba kuni Falastinga qo‘shimcha 1,6 milliard yevro miqdorida yordam berishini e’lon qiladi.
Bu haqda Financial Times gazetasiga O‘rta yer dengizi bo‘yicha Yevropa komissari Dubravka Shuisa ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Falastin milliy ma’muriyatiga 1,2 milliard yevro miqdorida grantlar, shuningdek, Yevropa investisiya banki va Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari sifatida 400 million yevro ajratish niyatida. Shuisaning ta’kidlashicha, 620 million yevro Falastin hukumatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, qariyb 576 million yevro esa “G‘arbiy Sohil va G‘azoning hayotiyligi va tiklanishini” ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Evropa komissari Bryussel ma’lum shartlarda qo‘shimcha mablag‘ ajratishini ta’kidladi – PNA moliyaviy barqarorlikni oshirish, kichik biznes uchun to‘siqlarni bartaraf etish va infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. "Bizning asosiy maqsadimiz G‘arbiy Sohilda ham, G‘azoda ham demokratik va shaffof boshqaruv”, - dedi Shuisa.