“Biz Rossiya yoqilg‘isidan voz kechishni tezlatyapmiz... Ammo bizning maqsad bu borada hech qachon to‘liq mustaqillikka erishishdan iborat bo‘lmagan”, — dedi Ursula fon der Lyayen.
Uning aytishicha, jahon bozorlaridan butunlay avtonomiya olish noreal va maqsadga muvofiq emas. Shu bois AQSh ishonchli hamkor sifatida YEIning keng diversifikasiya strategiyasida muhim o‘rin tutadi.