Evropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa parlamenti Yevropa Ittifoqi chegarasida pasportlardagi shtamplar o‘rnini bosuvchi avtomatlashtirilgan kirish/chiqish tizimini (EES ) bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi . Bu haqda YEI kengashi saytida xabar berildi .
Yangi kelishuv EESni bosqichma-bosqich joriy etish uchun olti oy vaqt berishni taklif qiladi.
“Ushbu o‘tish davri tugagunga qadar a’zo davlatlar sayohat hujjatlariga qo‘lda muhr qo‘yishda davom etadi”, — deyiladi press-relizda.
Evropa Ittifoqi Kengashi va Evropa Parlamenti o‘rtasidagi kelishuv EES darhol joriy etilishini anglatmaydi. Tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish sanasi Yevropa Komissiyasi tomonidan belgilanishi kerak. Bundan tashqari, 19 may kuni erishilgan kelishuv dastlabki hisoblanadi va u hali ham Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa Parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Raqamli EES tizimi Shengen hududiga kiruvchi va undan chiqib ketayotganlar haqidagi ma’lumotlarni, jumladan biometrik ma’lumotlarni: barmoq izlari va yuz tasvirlarini avtomatik ro‘yxatga olish imkonini beradi. YEI ma’murlari uchinchi davlat fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari va ularning sayohat tarixiga doimiy kirish huquqiga ega bo‘ladi va ular ruxsat etilgan bo‘lish muddatiga mos kelishini nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi.