Evropa Ittifoqi o‘z hududida “RIA Novosti”, “Izvestiya”, “Rossiyskaya gazeta” va “Voice of Europe” radioeshittirishlarini taqiqladi.
Buni Yevropa Ittifoqi kengashining e’lon qilingan bayonoti tasdiqlaydi.
Hujjatda aytilishicha, bu ommaviy axborot vositalari "Rossiyaning Ukrainaga qarshi tashviqoti va tajovuzkorligini tarqatadi va qo‘llab-quvvatlaydi". Shuning uchun Yevropa Ittifoqi vakillari cheklovlar haqida qaror qabul qilishdi.
Bayonotda qayd etilishicha, OAV faqat eshittirish bilan cheklanadi. Ommaviy axborot vositalari jurnalistlari Yevropa Ittifoqida faoliyatini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.