Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa yetakchilari Trampning xatti-harakatlarini muhokama qilish uchun yopiq chat guruhi tashkil qilgan

Evropa yetakchilari Trampning xatti-harakatlarini muhokama qilish uchun yopiq chat guruhi tashkil qilgan

Politico: Yevropa yetakchilari Trampning xatti-harakatlarini muhokama qilish uchun yopiq chat guruhi tashkil qilgan.

Evropa yetakchilari o‘tgan yildan beri AQSh prezidenti Donald Trampning qarorlari va keskin bayonotlarini yopiq guruh chatida muhokama qilib kelmoqda, deya yozadi nashr.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, yozishmalarda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb hamda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni muntazam ishtirok etadi.

“Vashington guruhi” deb nomlangan ushbu chat Yevropa keskin yoki potensial beqarorlashtiruvchi deb baholayotgan Trampning harakatlari yuzasidan tezkor axborot almashish va pozisiyalarni muvofiqlashtirish uchun ishlatiladi. Politico manbalari bunday format voqealar tez rivojlanadigan vaziyatlarda an’anaviy diplomatik kanallarga nisbatan samaraliroq ekanini bildirgan.

Chat o‘tgan yil avgust oyida Yevropa yetakchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda Oq uyga tashrif buyurganidan so‘ng tashkil etilgan. Xabarda qayd qilinishicha, Zelenskiy ham yozishmalarda qatnashadi.

Evropa yetakchilari dastlab AQShning faqat real harakatlariga javob berib, vazmin pozisiyani saqlab kelgan. Biroq Grenlandiya bilan bog‘liq vaziyat va Trampning boj joriy etish haqidagi tahdidlari ortidan Vashington bilan munosabatlarda yanada qat’iy va mustaqil yondashuv tarafdorlari ko‘paygan.

Politico'ning yozishicha, yetakchilar o‘rtasidagi norasmiy muloqot endilikda nafaqat tezkor reaksiyalar, balki xavfsizlik va tashqi siyosat sohasida kengroq muvofiqlashtirish uchun ham muhim platformaga aylanmoqda.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, AQShning Yevropa xavfsizligining asosiy kafolatchisi sifatidagi roli yanada zaiflashsa, ushbu format muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:28. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!