Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Evropa ekspertlari jahonning eng yaxshi smartfonini aniqlashdi

Evropa ekspertlari jahonning eng yaxshi smartfonini aniqlashdi

Huawei'ning «P30 Pro» rusumli flagmani Yevropa Tasvir va Ovoz Assosiasiyasi (EISA) tomonidan 2019-2020 yillarning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi.
Reytingga avtoritet kompaniyalarning 50ta audio va videotexnikalari kiritilgan.

Huawei telefoni EISA talqiniga ko‘ra ketma-ket ikkinchi yil jahondagi eng yaxshi smartfon deb topilmoqda. 2018 yilda shu kompaniyaning «P20 Pro» smartfoni birinchi o‘rinni olgandi.

Bu yil bozordagi o‘rnida eng katta ijobiy siljiy kuzatilgan smartfon sifatida OnePlus'ning «7 Pro» modeli e’tirof etildi. Xiaomi'ning «Redmi Note 7» smartfoni esa «Eng yaxshi xarid» turkumida barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, Huawei, OnePlus va Xiaomi'larning uchalasi ham Xitoy kompaniyalaridir.

Ma’lumot uchun, Yevropa Tasvir va Ovoz Assosiasiyasi smartfon, kamera, ovoz yozish texnikalari va shu kabi multimedia vositalarini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tashkilotga 1982 yilda asos solingan.

Kiritildi: 04:34 19.08.2019. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!