Mahalliy meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Chexiyada boshlangan kuchli yog‘ingarchilik Polsha, Germaniya, Avstriya va Slovakiyada salbiy tabiiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, Polsha-Chexiya chegarasidagi tog‘li hududlarda yaqin 72 soat ichida 400 mm gacha yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Polsha rasmiylari mamlakatning janubiy hududlarida yomon ob-havoga eng yuqori darajadagi tayyorgarlikni e’lon qilishdi, Avstriya va Slovakiyada esa dam olish kunlari ommaviy tadbirlarni bekor qilindi.
Chexiya Atrof-muhit vaziri Petr Xladik hozirgi vaziyatni 1997 va 2002 yillardagi suv toshqinlari o‘nlab odamlarning o‘limiga va milliardlab yevro zararga olib kelgani bilan taqqosladi.
Bundan tashqari, Bavariyadagi Alp tog‘larining ayrim qismlarida 60 dan 100 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Germaniya meteorologiya xizmati esa bu yilda birinchi marta kuchli qor yog‘ishini bashorat qilmoqda: 1500 metrdan yuqori hududlarda 50 santimetrgacha qor yog‘ishi ehtimoli bor.