Gazetaning yozishicha, ushbu muloqot natijalari qit’aning xavfsizligi uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
"18 martda bo‘lib o‘tadigan suhbatda Tramp va Putin Ukraina hamda Yevropaning kelajagini muhokama qiladi. Bu esa qit’a xavfsizligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois Yevropaning bir qator mamlakatlarida xavotirli kayfiyat hukm surmoqda, biroq ayni paytda suhbatdan ijobiy natija kutayotganlar ham bor", deb yozadi nashr.
Ukraina rasmiylari Tramp Putinga hali rus qo‘shinlari nazoratiga o‘tmagan hududlarni topshirishga rozi bo‘lishi mumkinligidan cho‘chiyotgani aytilmoqda. Shuningdek, Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha Amerika qo‘shinlarining Yevropadan chiqib ketishidan xavotirda. Ular "bir necha yil ichida Rossiya armiyasining hujumi sodir bo‘lishi" mumkinligini taxmin qilmoqda.
Bild manbalariga ko‘ra, AQSh va Rossiya yetakchilarining muzokaralari Yevropa xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali noaniq. Ammo suhbatdan keyin mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin.