«Barselona» 2026/27 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etish huquqini muddatidan oldin naqd qilgan ilk klubga aylandi.
Bu voqea La Liganing 29-turida «Betis» jamoasi «Atletik»ka (1:2) imkoniyatni boy berganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Shu tariqa, kataloniyaliklar Ispaniya chempionati yakuniy jadvalida kamida to‘rtinchi o‘rinni egallashlarini kafolatlashdi.
Ayni damda «Barselona» 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.