Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropa chempionati doirasidagi Serbiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin xavf ostida qolishi mumkin

Evropa chempionati doirasidagi Serbiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin xavf ostida qolishi mumkin

Manbaga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari boshqa muxlislar qatori stadionga kirishi mumkin bo‘lgan serbiyalik tajovuzkor muxlislarning xatti-harakatlaridan xavotirda. 500 nafar serbiyalik muxlislar minglab Angliya muxlislari ichida bo‘lishi kutilmoqda, bu esa mojaroni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli stadionda faqat alkogol miqdori past pivo mahsulotlari sotiladi, ikki davlat muxlislari bir-biridan ajratiladi va keng miqyosli xavfsizlik amaliyoti doirasida 1000 dan ortiq polisiyachi navbatchilik qiladi.

Angliya va Serbiya jamoalari Daniya va Sloveniya bilan birgalikda C guruhidan joy olgan. Jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yin 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:58 14.06.2024. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!