Evropa AQShni Qrimni Rossiyaniki deb tan olmasligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
"Evropa davlatlari vakillari Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga anneksiya qilingan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasliklarini ma’lum qildi", deb xabar bermoqda nashr yuqori martabali yevropalik rasmiyga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO'ning Yevropadagi yetakchi davlatlari Vashingtonni Qrimni bir tomonlama tarzda Rossiyaga tegishli deb tan olishdan qaytarishga harakat qilishi kerak.
"Eng yomon holatda AQSh Ukraina va Rossiya o‘rtasida kelishuvga erisha olmasligi va barchasi Kiyevga bosim orqali majburan qabul qildirilishi mumkin. Ana shunda Yevropa Ukraina yoki Qo‘shma Shtatlardan birini tanlashi kerak bo‘ladi", — deya fikr bildirdi Yevropa Ittifoqining yuqori lavozimli diplomati.