Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Evropa Ittifoqi Rossiya bilan ko‘p yillik energetik aloqalarga chek qo‘yishni rejalashtirmoqda. Yaqinda qabul qilingan taklifga ko‘ra, YEI 2027 yil oxirigacha Rossiyadan tabiiy va suyultirilgan gaz import qilishni to‘xtatish uchun yuridik majburiy mexanizmlar joriy etmoqchi.

Evropa Komissiyasi tomonidan taklif qilingan tartibda, taqiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 2028 yil 1 yanvardan e’tiboran Rossiya bilan mavjud barcha uzoq muddatli gaz shartnomalari bekor qilinadi. Hozirda Yevropa Rossiyadan import qilayotgan gazning taxminan ikki hissasi shunday shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Taklif YEIning savdo va energetika qonunchiligiga asoslangan bo‘lib, uni qabul qilish uchun ittifoqqa a’zo 27 davlatdan 15 tasining roziligi yetarli. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vengriya va Slovakiya Rossiya gaziga nisbatan to‘liq taqiqqa qarshi chiqmoqda. Komissiya aynan shu sababdan ushbu yulni tanladi. Bu qaror YEIning Rossiyaga qarshi bosimini yanada kuchaytirish va energetik mustaqillikni ta’minlashga qaratilgan navbatdagi strategik qadam hisoblanadi.

Kiritildi: 18:03 19.06.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!