Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evroosiyo Farmasevtika cammitida dorilarning narx-navosi hamda aholiga yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi

Evroosiyo Farmasevtika cammitida dorilarning narx-navosi hamda aholiga yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi

«O‘zgarib borayotgan olam – yangi imkoniyatlar» - 12-13 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Farmasevtika Sammitining kun tartibi aynan shunday jaranglaydi.

Sammit doirasida ishtirokchilar rivojlanish tendensiyalari hamda Yevroosiyo hududidagi mamlakatlar bozorlarining yutuqlarini muhokama qildilar, bir-birlariga innovasion va generik dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim qildilar. Xususan, yangi innovasion dori vositalarini Yevroosiyo mamlakatlari bozoriga chiqarishda to‘siq bo‘lgan umumiy omillarni yoritish, har bir ishtirokchining dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi yondoshuvlari o‘ziga xosliklari, o‘z mahsulotlarini Yevroosiyo bozoriga chiqarishni imkon qadar tezlashtirish imkoniyatlari, davlat xaridlarini yo‘lga qo‘yish hamda Yevroosiyo mamlakatlarida tenderlardagi talablarni aniqlashga, dori vositalari bilan ta’minlashning innovasion modellariga alohida urg‘u berildi.

Bunday katta ko‘lamdagi tadbirda SANTO kompaniyasining bosh direktori Iji Urbanes hamda SANTO kompaniyasining strategik rivojlanish va dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha hududiy direktori Irina Chublukova ishtirok etdi.

«Evroosiyo hududidagi mamlakatlar bozorida innovasion va jenerik dori vositalaridan foydalanish imoniyatini kengaytirish strategiyasi»ni panelli ravishda muhokama qilishda SANTO kompaniyasining bosh direktori Iji Urbanes ishtirok etib, u: «SANTO kompaniyasi yuqori sifatli dorilarni ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy qiladi, bunda sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Markaziy Osiyo hududida ko‘proq bemorlar soni uchun dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Biz o‘zimizning R&D markazimizga egamiz, u yerda jeneriklarning keng portfelini ishlab chiqamiz, shuningdek, xorijdan o‘z ishlab chiqarish maydonchalarimizga texnologiyalarni transfer qilamiz. Bunday salohiyat tufayli biz innovativlik indeksi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritganmiz – ya’ni, yiliga bozorga 10-12 xildagi yangi dori vositalarini chiqaramiz. Biz farmasevtika sanoatidagi tegishli ilg‘or yutuqlar hamda nazorat idoralarining eng qat’iy talablariga javob beruvchi sifatni kafolatlovchi ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlaymiz», - deya ta’kidladi.

SANTO kompaniyasining strategik rivojlanish va dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha hududiy direktori Irina Chublukova Yevroosiyo hududidagi mamlakatlarda markalash tizimini joriy qilish bo‘yicha muhokamada ishtirok etib, unda dori vositalarining narxini tartibga solish bo‘yicha sessiyada moderatorlik qildi. Narxlarni tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan sessiyaning muhim qismi - dori vositalarining narxini tartibga solishni bosqichma-bosqich kamaytirishga nisbatan Qozog‘iston va Belarusdagi tartibga soluvchilarning rejalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Evroosiyo bozorini rivojlantirish, konstruktiv hamkorlik va sheriklik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Eurasian Pharma Award ko‘rik-tanlovida mukofotlarni topshirish masalalari bo‘yicha umumiy kesishuv nuqtalarini qidirish sammitning asosini belgiladi. Ko‘rik-tanlov qatorasiga ikkinchi yil o‘tkazildi va unda «Yilning lokal kompaniyasi» nominasiyasida 2021 yil g‘olibi sifatida SANTO kompaniyasi e’tirof yetildi. Iji Urbanes: «Eurasian Pharma Award mukofotini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etish – bu nafaqat SANTOning yutuqlari haqida gapirib berish imkoniyati, balki butun mehnat jamoamizning hamjihatlikdagi unumdor mehnati e’tirofi hamdir. SANTOda ishlaydigan insonlar – bizning eng asosiy boyligimiz va men ular bilan faxrlanaman».

SANTO HAQIDA:

SANTO Member of Polpharma Group savdo belgisiga ega «Ximfarm» aksiyadorlik jamiyati (SANTO kompaniyasi) – xalqaro Polpharma farmasevtika guruhining bir qismi bo‘lib, u Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqadi, ishlab chiqaradi hamda ularni Qozog‘iston va Markaziy Osiyo bozorlariga yetkazib beradi. Bugungi kunda SANTO qozog‘istonlik farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya portfelida 12 farmakoterapevtik guruhga mansub bo‘lgan 240dan ortiq generik dori vositalari bo‘lib, ular turli terapiya yo‘nalishlarida kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Kompaniya Qirg‘iziston va O‘zbekistonda o‘zining vakolatxonalarini ochib, hozirda Rossiya, Mongoliya, Turkmaniston, Tojikiston kabi mamlakatlar bozoriga mahsulot eksport qilib, Qozog‘iston bozoridagi ehtiyojlarni qondirib kelmoqda.

Kiritildi: 17:15 15.10.2021. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!