Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiya Rossiya bilan barcha kriptovalyuta tranzaksiyalarini taqiqlashni taklif qildi

Evrokomissiya Rossiya bilan barcha kriptovalyuta tranzaksiyalarini taqiqlashni taklif qildi

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Mazkur cheklovlar Rossiyaning ayrim kripto-platformalariga nisbatan alohida sanksiyalar o‘rniga taklif qilindi. Chunki Bryussel yopilgan platformalar o‘rniga doimo yangi platformalar paydo bo‘lavergani tufayli alohida sanksiyalarni samarali deb hisoblamaydi.

Qayd qilinishicha, bu choralar Garantex birjasi bilan ishlovchi platformalarga, birinchi navbatda, Rossiyaning A7 to‘lov xizmati va rublga bog‘langan A7A5 steyblkoiniga qarshi qaratilgan. Elliptic tahlil kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, A7A5 bilan amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi allaqachon 100 milliard dollardan oshgan.

Shuningdek, paket 20 ta bankni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishni, raqamli rubl bilan operasiyalarni taqiqlashni va Rossiya neftini tashuvchi kemalar uchun sug‘urta, texnik va boshqa xizmatlarni to‘liq to‘xtatishni nazarda tutadi. Bu chora amalda G7 tomonidan belgilangan neft narxi cheklovining o‘rnini bosadi.

Alohida blok sifatida paket Qirg‘izistonga ham taalluqli. Yevrokomissiya Qirg‘izistonga ba’zi ikki maqsadli mahsulotlarni eksport qilishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bryusselning fikricha, ba’zi mahsulotlar Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda yetkazib berilmoqda.

Hujjat ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlangandan beri Qirg‘izistonga Yevropa Ittifoqidan import deyarli 800% ga, Rossiyaga eksport esa 1200% ga oshgan.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!