Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 27 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"AQSh prezidenti bilan samarali suhbatdan so‘ng biz yakshanba kuni Shotlandiyada uchrashib, transatlantik savdo aloqalari va ularni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilishga kelishib oldik", dedi fon der Lyayen.
Avvalroq Tramp AQShda bojlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan muvaffaqiyatli kelishuvga erishish uchun 50% yoki undan kamroq imkoniyat borligini aytgan edi.