Evrokomissiya (EK) rahbari Ursula fon der Lyayen samolyotda bo‘lgan odamga birinchi yordam ko‘rsatdi.
Bu haqda Swiss Air aviakompaniyasining Syurixdan Bryusselga LX780 reysi yo‘lovchilaridan biri xabar berdi.
"Biz Bryusselga qaytayotgan edik, yo‘lovchilardan biriga yordam kerak bo‘ldi, odatdagidek, ekipaj tibbiy bilimga ega bo‘lganlardan javob berishni so‘radi", dedi YEK rahbari.
Boshqa yo‘lovchilarning aytishicha, samolyot Bryusselga birinchi navbatda favqulodda holatda qo‘ngan va u yerda bemor shifokorlar tomonidan kutib olingan. Qolganlar esa, shifokorlar jabrlanuvchiga yordam berishgan vaqtda samolyot ichida kutishgan.
Shundan so‘ng fon der Lyayen qora Mersedesda jo‘nab ketdi, chunki u rasmiy tadbirga qatnashishi kerak edi.
EK rahbari Gannover tibbiyot maktabida tibbiyot fakultetida tahsil olgan, u yerda 1991 yilda doktorlik darajasini olgan. Bild nashrining yozishicha, bu siyosatchining samolyot bortidagi odamni qutqarib qolgan birinchi voqeasi emas.