Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evrokomissiya rahbari Kiyevga 3,5 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam transhi va’da qildi

Evrokomissiya rahbari Kiyevga 3,5 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam transhi va’da qildi

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leen mart oyida Ukrainaga mavjud dasturlar bo‘yicha 3,5 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam transhini o‘tkazishga va’da berdi.

Bu haqda siyosatchi Kiyevda chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deyiladi Yevrokomissiya matbuot xizmati xabarida.

“Evropa Ukrainani tanqidiy kunlarda mustahkamlash uchun shu yerda. Aytishim mumkinki, Ukrainaga 3,5 milliard miqdoridagi yangi yordam transhi mart oyida yetib keladi”, — deya fon der Leen so‘zlarini keltiradi.

Bugun erta tongda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leen va Yevropa kengashi rahbari Antonio Kosta Kiyevga keldi.

Tashrif Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganining 3 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: 14:51 24.02.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!