Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Evrokomissiya Ilon Maskni ogohlantirdi

Evrokomissiya Ilon Maskni ogohlantirdi

Evrokomissiya raisi o‘rinbosari Xenna Virkkunen amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Maskni Germaniya Bundestagiga saylovlar oldidan saylov kampaniyasiga aralashmaslik haqida ogohlantirdi. 13 yanvar, dushanba kuni chop etilgan Frankfurter Allgemeinen Zeitung gazetasiga bergan intervyusida texnologik suverenitet bo‘yicha komissar shunday dedi: "Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz".

«Men keyingi qadamlarni qo‘yishdan tortinmayman», dedi u va hozircha Yevropa Komissiyasi Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘i bilan bog‘liq davom etayotgan jarayonga e’tibor qaratishini qo‘shimcha qildi.

Bunda, X ijtimoiy tarmog‘i Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunini (DSA) buzayotganligi haqidagi shubhalar bo‘yicha 2023 yil oxirida berilgan Yevropa Komissiyasining da’vosi nazarda tutilgan. Qonun, boshqa narsalar qatorida, internet-platformalarning dezinformasiya tarqalishiga yordam berishini taqiqlaydi va ulardan saylovlar va ommaviy nutqlar uchun xavflarni minimallashtirishni talab qiladi.

Kiritildi: 18:32 13.01.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!