Evrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlarining depressiyaga uchragan hududlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi byudjetidan deyarli 400 milliard yevro ajratmoqchi va uni mudofaa ehtiyojlariga sarflamoqchi.
Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi ma’lum qildi.
Gazeta manbalariga ko‘ra, Yevrokomissiya yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqi davlatlariga "Birdamlik" jamg‘armasidan harbiy-sanoat kompleksi va harbiy transport infratuzilmasi uchun mablag‘ sarflashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu blok davlatlarining eng qoloq hududlarini moliyalashtirish va rivojlanish darajasini ilg‘or hududlarga yaqinlashtirishga qaratilgan edi.
Etti yil davomida Yevropa Ittifoqi ushbu maqsadlar uchun 392 milliard yevro ajratmoqchi edi.
Evrokomissiya bu pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol sotib olish uchun ishlatishga hali rozi bo‘lmagan, biroq u harbiy sanoatga sarmoya kiritish va harbiy infratuzilma loyihalariga sarflanadi.