Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiya Afg‘oniston hukumati bilan deportasiya masalasida texnik uchrashuv o‘tkazadi

Evrokomissiya Afg‘oniston hukumati bilan deportasiya masalasida texnik uchrashuv o‘tkazadi

Evropa Ittifoqi komissiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarni qaytarish masalasi bo‘yicha texnik uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.

Bu haqda Yevrokomissiya matbuot vakili Markus Lammert jurnalistlarga bergan bayonotida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan berilgan vakolat asosida harakat qilmoqda va Shvesiya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Afg‘oniston ma’muriyati vakillarini Bryusselga taklif qilgan.

Lammert shuningdek, shunday uchrashuv avval yanvar oyida Afg‘onistonda ham o‘tkazilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarni qaytarish masalasi haqida bormoqda.

Kiritildi: 23:17 12.05.2026. O'qildi: 135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!