Bu haqida Bloomberg xabar berdi.
"AQSh prezidenti tomonidan joriy qilingan choralarning ta’siri Yevropa eksportida allaqachon sezilmoqda, 2 apreldan boshlab esa savdo cheklovlar yanada kuchayishi kutilmoqda", deb yozadi nashr manbalariga tayanib.
Vashington Yevroittifoqqa yangi savdo tariflari va javob tariqasida kiritiladigan bojlardan qochish imkonsiz ekanligini bildirgan. Biroq tomonlar ularni yumshatish bo‘yicha potensial kelishuvni muhokama qila boshlagan.
Bloomberg'ning qayd etishicha, YEI o‘z boj tariflarini pasaytirish, Qo‘shma Shtatlar bilan o‘zaro investisiyaviy hamkorlik hajmini oshirish hamda ayrim qoidalar va standartlarni yengillashtirishga tayyor.