Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Evroittifoq Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Politico nashrining yozishicha, yangi cheklovlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Rossiyaning «soya floti»ga tegishli tankerlar;
  • Rossiya banklari va moliyaviy muassasalari;
  • harbiy-sanoat kompaniyalari;
  • Ukrainandan olib chiqilgan g‘alla savdosida ishtirok etuvchi firmalar.

Manbalarga ko‘ra, yangi paket iyun oxiri yoki iyul boshida taqdim etilishi kutilyapti.

Nashr yangi sanksiyalar doirasida Rus pravoslav cherkovining yuqori martabali vakillari, jumladan patriarx Kirillga nisbatan ham cheklovlar joriy etilishi mumkinligini yozdi.

Evrokomissiya, shuningdek, Rossiya kemalariga dengiz xizmatlari ko‘rsatishni taqiqlash g‘oyasini ham qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Avvalroq bu tashabbusga Gresiya va Malta qarshi chiqqan edi.

Politico suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, Bryusselda hozir sanksiyalarni kuchaytirish uchun eng qulay vaqt deb hisoblanmoqda.

EI rasmiylari fikricha, Rossiya neftini tashuvchi «soya flot»iga qarshi bosimni kuchaytirish Kremlning asosiy daromad manbalaridan biriga zarba beradi va Vladimir Putinga nisbatan bosimni oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni YEI Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qilgan edi. U ikki oydan ortiq vaqt davomida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumati tomonidan bloklab kelingan.

Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytishicha, Vengriyadagi parlament saylovlaridan keyin YEIda yangi sanksiyalar bo‘yicha «yangi impuls» paydo bo‘lgan.

Kallas, shuningdek, Ukraina bosib olingan hududlaridan bolalar deportasiyasiga aloqador shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilinishi mumkinligini ham ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:37 12.05.2026. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!