Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas YEI Kengashining Lyuksemburgdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"May oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi kun tartibiga qo‘yish uchun Rossiyaning “soya floti” va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan 17-sanksiyalar paketi ustida ishlayapmiz. Hozir bu borada munozaralar davom etmoqda, biroq bilasizki, sanksiyalarni qo‘llash uchun barcha YEIga a’zo 27 davlatning barchasini roziligi talab qilinadi. Menimcha, Moskvaga qarshi mumkin bo‘lgan eng kuchli sanksiyalar paketini joriy qilish kerak", —dedi Kallas.