Bu haqda Deutsche Welle 20 mart kuni Yevroittifoq sammitining yakuniy bayonoti matniga tayanib xabar berdi.
"Evropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq, Rossiya aktivlari Moskva Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushni to‘xtatmaguncha va ushbu urush tufayli yetkazilgan zararni qoplamaguncha muzlatilgan holda qolishi kerak", deyiladi bayonotda.
Evropa diplomatlaridan birining sammit arafasida nashrga bergan intervyusida YEI davlatlari o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralari haqida o‘ylay boshlashganini aytdi. Unga ko‘ra, yevropaliklar bu aktivlarga ega bo‘lish, ular bilan nima qilishni bilmay turib, ularni musodara qilishdan ko‘ra muhimroq ekanini tushuna boshlagan.