Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evro-2024. Bugun Ispaniyaning finaldagi raqibi aniqlanadi

Evro-2024. Bugun Ispaniyaning finaldagi raqibi aniqlanadi

Bugun Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining ikkinchi finalchisi aniqlanadi.

Yarim final uchrashuvida Niderlandiya va Angliya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

Chorak finalda inglizlar shveysariyaliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. Niderlandiya termasi Turkiyadan kuchliroq bo‘lib chiqdi.

Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Feliks Shvayer boshchiligidagi germaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

EVRO-2024
Yarim final
11 iyul

00:00. Niderlandiya - Angliya
Hakam: Feliks Shvayer (Germaniya)
"Signal Iduna Park", Dortmund.

Kiritildi: 13:43 10.07.2024. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!