Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

“Everton”ning sobiq o‘yinchisi bir umrga qamaldi

“Everton”ning sobiq o‘yinchisi bir umrga qamaldi

“Everton” klubining sobiq o‘yinchisi Li Te Xitoy sudi tomonidan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2022 yilning noyabrida Xitoy Xalq Respublikasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi tekshiruvda Li Te asosiy aybdorlardan biri sifatida qo‘lga olindi.

U eng katta “ish”ni 2018 yilda amalga oshirgan. O‘shanda Li Xitoy terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib borish uchun 3 million yuan (taxminan 422 ming dollar) bergan. Shundan keyin u 2020 yil yanvarida Marchello Lippi bo‘shatilgach, bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2021 yilning kuzida jamoasi bilan Jahon Chempionati saralashida omadsiz qatnashgani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Bundan tashqari, sobiq futbolchi Xitoy chempionati ikkinchi divizionida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilganini tan olgan. Murabbiy o‘z jamoasini superligaga olib chiqish uchun raqiblar bilan kelishgan.

“Men bundan juda afsusdaman, men to‘g‘ri yo‘lni tanlashim kerak edi, ammo o‘sha paytda ba’zi narsalar futboldagi odatiy holatdek qaralar edi”, — deydi bosh murabbiy.

23 fevralda Li Te bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.

Li Angliyaning “Everton” jamoasiga homiylar orqali borgan. Yarim himoyachi umumiy 33 o‘yinda maydonga tushgan.

Yosh futbolchi Xitoyning eng iste’dodli futbolchilaridan biri bo‘lgan. Uning ijara puli va maoshi “Everton”ning o‘sha paytdagi hamkori Xitoy Telekommunikasiya kompaniyasi tomonidan to‘langan.

Kiritildi: 00:50 25.02.2024. O'qildi: 2286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!