Belgiyaning Euroclear depozitariysi 2024 yil fevraldan buyon muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromad hisobidan Ukrainaga taxminan 6,6 milliard yevro o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, navbatdagi to‘lov — 1,4 milliard yevro — iyul oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Euroclear hisobotida aytilishicha, Rossiya aktivlaridan tushgan foizli daromad 2025 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kamaygan.
Hozirda depozitariy balansida Rossiyaga tegishli taxminan 200 milliard yevro miqdoridagi aktivlar saqlanmoqda.
Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi va “Katta yettilik” davlatlari Rossiyaning qariyb 300 milliard yevro aktivini muzlatib qo‘ygan edi. Shundan 180 milliard yevroga yaqini Euroclear tizimida joylashgan.
2025 yil dekabrida Rossiya Markaziy banki Euroclear’ga qarshi 18,17 trillion rubllik da’vo kiritgan.