Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ettita gol urilgan o‘yinda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Marokashga yutqazdi

Ettita gol urilgan o‘yinda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Marokashga yutqazdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi kecha uchinchi bahsni o‘tkazdi. Islom Ismoilov shogirdlariga bu safar Marokash raqiblik qildi.

O‘yinda afrikaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jamoamizning gollariga Sayfiddin Sodiqov, Mo‘minxon Bahodirxonov hamda Xeres shahridagi yig‘inga jalb etilgan «Rot Veiss Ayntraxt» klubi a’zosi Xayrullo Ergashev mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi yig‘in Angliya (1:3) va Marokash (3:4)ga yutqazgan bo‘lsa, Kanadani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (asosiy vaqt — 2:2).

Kiritildi: 09:14 10.09.2025. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!