Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Etnograf ayol: «Eringiz barvaqt o‘lishini istamasangiz, unga yosh xotin olib bering»

Etnograf ayol: «Eringiz barvaqt o‘lishini istamasangiz, unga yosh xotin olib bering»

Qozog‘istonlik etnograf Galiya Qandaulqizi ayollarga erlariga yosh xotin olib berishni tavsiya qilmoqda.

«Erkak kishi qari xotini oldida yashayversa, erta o‘ladi. Aksincha, yosh xotin oldida bo‘lsa, yanada yosharib boraveradi. Shuning uchun, agar eringizni barvaqt o‘limga duchor qilishni istamasangiz, unga yosh xotin olib bering. Eringiz yosh xotini oldida o‘zini yoshargandek his qiladi va keksalikni unutadi.

Bu birinchi xotin uchun ham foydali. Siz eringizning yosh ikkinchi xotini oldida avtoritet ekanligingizni his qilasiz. U sizni katta opasidek ko‘radi va xizmatingizni qiladi. Oldingizda majburiyatli ekanligini his qilib turadi.

Bugun kim kechki ovqat tayyorlashini erning o‘zi hal qiladi. Biz shu ishga qo‘l ursak, erlarimiz sog‘lom bo‘ladi, erlarimiz sog‘lom bo‘lsa, xalqimiz sog‘lom bo‘ladi. Buvilarimiz erlari uchun ikkinchi yosh xotinni tanlagan bo‘lishardi», deydi etnograf.

Etnografning fikricha, ikkinchi xotin demografik muammolarni ham hal qiladi. U hozirgi ayollar ajdodlari kabi ko‘p farzandli bo‘lishni istamayotganlaridan tashvishda ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:17 23.08.2019. O'qildi: 9396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!