BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi 2026 yil bahorida Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Yangi reyslar doirasida aviakompaniya Olmaota, Boku, Buxarest, Madina, Tbilisi, Yerevan va Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bu xabar Vengriyaning Wizz Air byudjet aviakompaniyasi Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatishi va shu sababli Toshkent hamda Samarqand yo‘nalishlaridagi parvozlar bekor qilinayotganini e’lon qilganidan bir kun o‘tib ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Etihad Airways 2025 yilning birinchi yarmida 10,2 million yo‘lovchi tashib, o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p o‘sishga erishgan.