Estoniyaning Rossiya bilan chegaradan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan hududida 250 kilogramm og‘irlikdagi aviasiya bombasi aniqlandi, deb xabar berdi ERR.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sapyorlar bombani xavfsiz yo‘q qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hukumat aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va yaqin soatlarda portlash yoki g‘ayrioddiy shovqinlar eshitilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bombaning kelib chiqishi va uning qachon yoki qay tarzda hududga tushgani hozircha ma’lum emas.