Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Estoniya o‘z hududida «Yandeks.Taksi»ni taqiqladi

A A A
Estoniya o‘z hududida «Yandeks.Taksi»ni taqiqladi

Estoniya hukumati 11 apreldan «Yandeks.Taksi»ni taqiqlashga qaror qildi. Bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kaya Kallas ma’lum qildi, deb xabar beradi chorshanba kuni ERR portali.

«Yandeksning taqiqlanishi Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalarga Estoniyada o‘rin yo‘qligidan dalolat beradi», degan Kallas. U, shuningdek, Estoniya Yevropa Ittifoqida mazkur kompaniyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash taklifi bilan chiqqanini ta’kidlagan.

Aniqlik kiritilishicha, Estoniya internet provayderlari Yandex NV veb-saytlari va taksilar bilan bog‘liq ilovalarga (Yandex Go i Yandex Pro) kirishni cheklashlari kerak. Bundan tashqari, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store va boshqalar) o‘zlarining ilovalar do‘konidan Yandex ilovalarini yuklab olishni cheklashlari va ilovalar yangilanishlarini taklif qilishni to‘xtatishlari kerak.

Hukumat tomonidan 31 martda tasdiqlangan Yandex N. V. ga qarshi sanksiyalar 11 apreldan kuchga kiradi.

Kiritildi: 21:25 03.04.2022. O'qildi: 3470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!