Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

“Eski ToshMi” tibbiyot akademiyasining binosi buzilishi haqida xabarlar tarqaldi

A A A
“Eski ToshMi” tibbiyot akademiyasining binosi buzilishi haqida xabarlar tarqaldi

Toshkent shahridagi “Eski ToshMi” tibbiyot akademiyasining binosi buzilishi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, Madaniy meros agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Yashnobod tumanida joylashgan “Eski ToshMI” (Tibbiyot 29-son davolash bo‘limi akademiyasi) binosi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan.

Mazkur tibbiyot muassasasi XIX asrda qurilgan bo‘lib, hozirda bino davlat mulki hisoblanadi.

2024 yilning 3 yanvar kuni Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan muammo joyiga chiqqan holda o‘rganilganida hech qanday qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmayotganligi aniqlandi. Tibbiyot maskani ma’muriyatiga binoda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining tegishli ruxsatnomasi asosida va loyiha-smetalarini taqdim etgan holda ish boshlash kerakligi alohida tushuntirildi.

“Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga muvofiq “Davlat mulkida turgan moddiy-madaniy meros ob’ektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi” belgilangan.

Kiritildi: 08:30 04.01.2024. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!