Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘adi — O‘zgidromet

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘adi — O‘zgidromet

21-23 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Evropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.

21 yanvarda Qoraqalpog‘istonda,  Xorazm viloyatida va kechga tomon  Buxoro,  Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.

22 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda,  Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

22-23 yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 8-10 darajaga past bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 11:18 20.01.2021. O'qildi: 6330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!