Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ertaga poytaxtning ikkita tumanidagi ayrim mahallalarda gaz o‘chiriladi

Ertaga poytaxtning ikkita tumanidagi ayrim mahallalarda gaz o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli ertaga poytaxtning Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Yangihayot tumanining «Yangidarxon» MFY hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76 mm.li yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 31 yanvar kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar «Yangidarxon» MFY joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo‘jaligida hamda hududdagi 9 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Sergeli tumani «Xonobodtepa» MFY, Dadaxo‘jayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57 mm.li o‘rta bosim gaz quvurining metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilishi sababli 31 yanvar kuni soat 10:00 dan 15:00 ga qadar «Xonobod», «Xonobodtepa» va «Xontepa» mahallalaridagi jami 580 ta uy xo‘jaligi hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:34 30.01.2023. O'qildi: 2436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!