Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ertaga ertalabdan respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy rejimda ishlay boshlaydi

A A A
Ertaga ertalabdan respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy rejimda ishlay boshlaydi

Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni paytda Farg‘ona vodiysiga gaz ta’minotini normallashtirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan.

⚠️ Bugun soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejmida ishlay boshladi. Ayni paytda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me’yori past ekani bois, ushbu hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.

🚙 Vazirlik avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunganliklari uchun minnatdorlik bildirib, iloji bo‘lsa, zarur hollarda muqobil yoqilg‘i turi — AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini so‘ragan.

Kiritildi: 18:08 27.01.2022. O'qildi: 2106 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!