Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ertaga bosh vazir saylanadi

Ertaga bosh vazir saylanadi

Bugun Oliy Majlisning yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tishi va unda O‘zbekiston bosh vaziri saylanishini xabar qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga binoan, bosh vazir nomzodi parlament saylovlarida g‘olib chiqqan, ya’ni eng Oliy Majlisda ko‘p o‘rin egallagan partiya tomonidan taklif etiladi. 

So‘nggi parlament saylovida 34 % ovoz bilan O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi g‘olib chiqqan edi. Ikkinchi o‘rinda "Milliy Tiklanish" - 27 %, "Adolat" - 18 %, XDP - 16 % hamda Ekologik partiya - 9% ovozlar jamlagan edi. 

O‘zLiDep, 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan partiya yig‘ilishida partiya a’zosi, Abdulla Aripov nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qilish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Abdulla Aripov majlisda so‘zga chiqib bosh vazir lavozimida amalga oshirishni rejalashtirayotgan ishlar ro‘yxati bilan tanishtirgan edi. 

 

Kiritildi: 12:13 20.01.2020. O'qildi: 2513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!