Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 9 may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 11:23 08.05.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!