25 yanvar kuni Toshkent shahrining yana 12 ta umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni boshlanadi.
Ular:
- Bektemir tumanidagi 347-son maktab;
- Olmazor tumanidagi 1-son maktab;
- Chilonzor tumanidagi 138-, 162-, 179-, 183-, 184-, 270-, 280-son maktab, 4-son maktab-internati;
- Yangihayot tumanidagi 2-, 3-son maktab.
Qayd qilinishicha, ushbu maktablarning isitish tizimida muammolar bartaraf etilgan va sinfxonalarda havo harorati me’yorida.
24 yanvar kuni poytaxtdagi 335 ta ta’lim muassasasidan 309 tasida an’anaviy dars mashg‘ulotlari boshlangani ma’lum qilingan edi.