Joriy yilning mart oyida «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
Mazkur qonun 6 iyundan kuchga kiradi va unga asosan kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reestri yuritiladi.
Jismoniy shaxslar bu reestrga o‘zlarini ixtiyoriy kiritishi yoki chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Fuqarolar kredit olishdan voz kechish bo‘yicha arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda yoki davlat xizmatlari markazlari hamda kredit byurolari orqali yozma va elektron shaklda topshirishlari mumkin.