Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasidagi mojaro avj oldi: Mask hokimiyatni vise-prezident J.D.Vensga topshirish g‘oyasiga qo‘shilib, impichment chaqiriqlarini omma oldida qo‘llab-quvvatladi . U Trampni noshukurlikda aybladi va uning Epshteyn ishi bilan aloqasi borligiga ishora qildi.
Tramp keskin javob qaytardi , Maskni xudbin niyatlarda aybladi va uning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid qildi. Bu Tesla aksiyalarining 14 foizga tushib ketishiga olib keldi va Maskga 150 milliard dollarga tushdi.
Bunga javoban Mask mamlakat siyosiy manzarasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mo‘’tadil saylovchilar manfaatlarini ifodalovchi yangi siyosiy partiya yaratishni taklif qildi.